Аннотация
So‘zga oshuftalik, so‘zning ostini ham, ustini ham ko‘ra olishga intilish, nutqning latifligidan, nutqdagi so‘zlarning favqulodda uyg‘unligidan zavqlanish, ona tilida ta’sirli nutq ayta oluvchiga, xitobat san’ati sohibiga ayricha havas bilan qarash o‘zbekning azaliy urflaridandir. Aytilmoqchi bo‘lgan fikrga musallam va mutlaqo mos libos kiydira bilish, maqsadga muvofiq lisoniy ifodalarni saylay olish, so‘z bilan tinglovchining faqat qulog‘ini emas, balki qalbini ham zabt eta bilish Sharqda, xususan, o‘zbeklarda tarbiyalanganlik, ma’rifatlilik, ziyolilikning qabariq belgilaridan biri bo‘lgan. Zotan, nutqning go‘zalligi, tilning burroligi, lisoniy ifodaning aniqligi inson uchun o‘ziga xos husundir, bu husn oxir-oqibatda jamiyatning, millatning ham husni jamolini ko‘rsatadi.
Как цитировать
Авторы
Latofat Ibragimova
Jizzax davlat pedagogika instituti
Выпуск
Раздел: Статьи