"Murabbiy" ilmiy-ma'rifiy jurnali jurnali Jizzax davlat pedagogika instituti negizida 2020 yilda tashkil topgan bo‘lib, manaviy hayot, ijtimoiy turmush tarzdagi muammolar tadqiqiiga bag’ishlangan. Jurnal dissertatsiyaning asosiy natijalari e’lon qilinishi kerak bo‘lgan ilmiy jurnallar ro‘yxatiga kiritilgan. Jurnalda asosan, mustaqil tadqiqotchilar, doktarantlar, falsafa doktorligi (PhD) ga nomzodlar dissertatsiyasi, fan doktori darajasidagi izlanishlarga doir maqolalar nashr etiladi.
"Murabbiy" ilmiy-ma'rifiy jurnalining vazifasi – bu mualliflar va kitobxonlar o‘rtasida ilmiy o‘zaro ta’sir o‘tkazish uchun samarali platformani yaratishdir. "Murabbiy" ilmiy-ma'rifiy jurnali qo‘yidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: 1.Ta'lim va tarbiyaning dolzarb masalalari, 2.Yoshlar innovatsion faolligini ta’minlashda sotsial-iqtisodiy, ma’naviy, badiiy va estetik idealning belgilovchilik roli va ahamiyati, 3. Yoshlar ma’naviy-axloqiy ongini rivojlantirishning ustuvor masalalari, 4. Yoshlarda hayotiy pozisiyani shakllantirishda innovatsion yondashuvlar kabi masalalarni qamrab olgan ilmiy nashrdir.
Jurnalning asosiy maqsadi o‘zbek va chet el tadqiqotchilarining fundamental va amaliy ahamiyatga molik bo‘lgan ilmiy yutuqlarini aks ettirish orqali ta’lim-tarbiya, milliy g’oya, ma’naviyat asoslari, tarix va jamiyat sohasidagi ilm-fan rivojlanishiga ko‘maklashishdan iboratdir. Nashr qilish o‘zbek, rus, ingliz tillarida amalga oshiriladi. Google Scholar ma’lumotlar bazalarida hovola etish. Nashr rejasi - uch oyda bir marta (yiliga to’rt marta).