##journal.currentIssue##
Articles
Hurmatli o'quvchilar va mualliflar!
"Jizzax innovatsion ta'limi" ilmiy jurnali Jizzax davlat pedagogika instituti negizida 2020 yilda tashkil topgan bo‘lib, ta’lim tizimida erishilayotgan yutuqlar, innovatsion texnologiyalar, yangi metod va uslublar, zamonaviy tadqiqot usullari va tarbiyaning dolzarb muammolarga bag‘ishlangan. Jurnal uzluksiz ta’lim tizimidagi innovatsiyalar, yangi metodlar, tadqiqotlar, uslublar, ilmiy ishlar va izlanishlarning asosiy natijalari e’lon qilinishi kerak bo‘lgan ilmiy jurnallar ro‘yxatiga kiritilgan. Jurnalda asosan, Oliy ta'lim va o’rta ta’lim muassasalari, Kasb-hunar ta’limi, O’rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim muassasalari va maxsus maktablar pedagog-xodimlari, professor-o’qituvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, doktarantlarning ilmiy faoliyatga doir maqolalari nashr etiladi.
"Jizzax innovatsion ta'limi" ilmiy jurnalining vazifasi: Uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan barcha pedagog-xodimlarning ilmiy ishlari, maqolalarini nashr etishdan iboratdir. " Jizzax innovatsion ta'limi " ilmiy jurnali quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
1.Innovatsion ta’limning dolzarb masalalari
- Pedagoglar innovatsion faolligini ta’minlashda sotsial-iqtisodiy, ma’naviy, badiiy va estetik idealning belgilovchilik roli va ahamiyati
- Ta’lim jarayonidagi erishilayotgan yutuqlar, yangi g`oya va izlanishlar, zamonaviy pedtexnologiyalarni keng jamoatchilikka taqdim etishda innovatsion yondashuvlar kabi masalalarni qamrab olgan ilmiy nashrdir.
Jurnalda Oliy ta'lim va o’rta ta’lim muassasalari, Kasb-hunar ta’limi, O’rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim muassasalari va maxsus maktablarning pedagog-xodimlari va boshqa ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi o‘qituvchilarning maqolalari nashr etiladi.
"Jizzax innovatsion ta'limi" jurnalning asosiy maqsadi: ta’lim tizimidagi va xorijiy ta’lim tizimidagi fundamental va amaliy ahamiyatga molik bo‘lgan ilmiy yutuqlardan foydalangan holda yangiliklar yaratish hamda uni keng jamoatchilikga taqdim etish orqali ta’lim sifatini yaxshilashdan iboratdir. Nashr qilish o‘zbek, rus, ingliz tillarida amalga oshiriladi. Google Scholar ma’lumotlar bazalarida hovola etish. Nashr rejasi har chorakda bir marta (yiliga to’rt marta).