A’SOM AL-KUFIY VA UNING ILMIY ME’ROSI
##semicolon##
Yoqut al-Hamaviy, ”Nigoriston”, sunniylik,shialik, al-Kindiy, Topkapi saroyi, Gota, kufiylik, Karbalo voqeasi, hazrati Ali, “Futuh”, sosoniylar, “Kitob al-futuh”, Kufa, Balazuriy, Ya’qubiy, Xondamir, Tabariy, “Kashf az-zunun”, Armaniston, Xuroson, Muhammad al-Mustavfiy, Hoji Halifa, Аbbosiylar, Ubaydulloh ibn Ziyod, Buxoro, Ahmad III kutubxonasi, Markaziy Osiyo, Xorazm.Annotatsiya
Hozirgi davrgacha A’som al-Kufiy haqida juda ham kam ma’lumot uchraydi.Shunga ko’ra uning asarlari ham to’liq yetib kelmagan.Uning eng mashhur asarlari “Kitab at-tarix”, “Kitob al-futuh” va “Kitab al-maʼluf” asarlari hisoblanadi.Aynan “Kitob al-futuh” asari shialik nuqtayi nazaridan yozilgan asar hisoblanadi. Bu asarda Harzati Ali va uning hayoti va faoliyati haqida juda ko’plab ma’lumotlar keltiriladi. Ushbu asarning mavjudligi koʻp vaqtlardan beri maʼlum boʻlgan. Hoji Xalifaning “Lug‘at”ida bu haqida qisqa lekin nisbatan xato maʼlumot keltirilgan. Ibn Аʼsom al-Kufiyning ismi birinchi marotaba Аbu Nasr Аhmad ibn Аhmad ibn Nasr al-Buxoriyning hijriy 477-yilda yozilgan “Tog‘ al-qisas” asarida esga olib oʻtilgan va faqatgina asarning fors tiliga tarjimasidan soʻng asar va uning muallifi keng qayd qilina boshlangan. Bugungi kunda Gota kutubxonasida asarning arabcha asl qoʻlyozmasining 129 sahifadan iborat faqatgina birinchi jildi saqlanadi. Brokkelman asarga quyidagicha taʼrif beradi: “Ibn Аʼsomning “Kitob al-futuh” asari Shialik nuqtai nazardan yozilgan novellaga oʻxshaydi”.
Asar shialik ruhida yozilgan tarixiy novella emas, balki muhim manba sifatida faqatgina 1925-yilda asarning ikkinchi va uchinchi jildlari Topkapi saroyida topilganidan soʻng tan olingan.
##submission.citations##
Togan Z.V. Ibn A’tham al-Kufi. – L.: Islamic culture, 1970.
Meisami J.S., Starkey P. Encyclopedia of Arabic literature. Vol. I. – L.: Routledge, 1998.
Conrad L.I. Ibn Atham and his history. – H.: University of Hamburg, 2015.
Massee H. Melanges Gaud froy Demembynes. – C.: 1935.
Dunlop D.M. The history of the Jewish Khazars. – P.: 1954.
Lyudvig D. Struktur und gesselchaft des Chasaren-ReichesLicht den Quellen. – M.: 1982.